ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

OKSFORD BRUKS UNIVERSITETI HAQIDA

Oksfordning Bruks universiteti 150 yildan uzoqroq tarixiga ega. U ijaraga olingan o‘quv sinflarida kichik san’at maktabi kabi faoliyatini boshlagan edi, hozir esa u ta’lim berish va a’lo tadqiqotlar sohasida mahalliy, milliy va xalqaro darajadagi tan olingan obro‘ darajasiga ega bo‘lgan, Buyuk Britaniyaning eng yaxshi zamonaviy universitetlaridan biriga aylangan.

Innovatsiyalar, yuqori sifatli ta’lim va tadqiqotlar, hamda global munosabatlar sohasida xalqaro tan olingan obro‘ darajasi tufayli, Oksfordning Bruks universiteti ketma-ket 10 yildan beri Sunday Times versiyasi bo‘yicha eng yaxshi universitet nominatsiyasida eng yaxshi zamonaviy universitet deb tan olinganligi bejiz emas.

Universitetning Biznes-maktabi Buyuk Britaniyada ta’lim berish va o‘qitish uchun etakchi maktablardan biri, biznes, menedjment, buxgalterlik hisobi va moliyani bo‘yicha o‘qitishning milliy darajadagi markazi hisoblanadi, Oksfordning Bruks universiteti esa bittadan ortiq ta’lim berish va o‘qitish sohasidagi ilg‘or tajriba markazi tuzilishi uchun bir necha million funt sterling miqdorida ikkita mukofotni olgan Buyuk Britaniyaning o‘n oltita o‘quv yurtlaridan biri deb hisoblanadi.

Oksfordning Bruks universiteti 1988 yilgi Ta’lim islohoti haqida Qonunga muvofiq Markazning tuzilishi to‘g‘risida Nizomga binoan tuzilgan, va 1992 yilgi Keyingi va oliy ta’lim haqida Qonunga muvofiq Universitet sifatida tuzilgan. Bu – Universitetning mukofotlarni, shu jumladan darajalar, diplomlar, sertifikatlar va hokazolarni berish imkoni uchun asos yaratuvchi zaminidir. Daraja va vakolatlar Oksfordning Bruks universiteti negizida beriladi, u o‘z darajalarining sifatini va standartlarini ta’minlash uchun tegishli amallarni ishlab chiqadi va ulardan foydalanadi. Bunda Universitet Oliy ta’lim sifatini ta’minlash Agentligi (QAA) tomonidan tekshirilishi lozim, va Talabalar ishlari bo‘yicha boshqarma (OfS) tomonidan boshqariladi.

Shuning uchun, siz amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasiga ega bo‘lish uchun Oksfordning Bruks universitetiga jismoniy tashrif buyurmasangiz ham, daraja berilishi dasturi Oksfordning Bruks universiteti tomonidan taklif etiladigan boshqa darajalar kabi, xuddi shunday qat’iy standartlarga mos keladi, va Buyuk Britaniyaning oliy ta’limi uchun belgilangan standartlarga mos keladi. Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasiga ega bo‘lib, siz nafaqat ehtimoliy yoki mavjud ish beruvchilarga, buxgalterlik hisobi va moliya sohasida muvaffaqiyatli lavozimda ko‘tarilish uchun tayyorlashga oid barcha kerakli diplom malakalariga ega bo‘lganingizni namoyish etasiz, balki ularni ilg‘or tajribali muassasa obro‘siga ega bo‘lgan universitetda olasiz).

Oksford Bruks universiteti haqida asosiy savollar uchun:
acca@brookes.ac.uk

Oxford Brookes University
Headington Campus
Oxford
OX3 0BP
UK
Tel: +44 (0)1865 485858

https://www.brookes.ac.uk/business/undergraduate/acca/

Оксфорд Брукс Университети ҳақида
Scroll to Top