ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

OKSFORD BRUKS, AMALIY BUXGALTERLIK HISOBI BO‘YICHA FAN BAKALAVRI DARAJASI DIPLOMI

Fan bakalavri darajasining diplomi – ACCA talabalariga ACCA va Oksforddagi Bruks biznes-maktabi o‘rtasida betakror innovatsion hamkorlik tufayli taklif etiladigan eksklyuziv darajadir.

ACCA (Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasi) – kasbiy buxgalterlarning butunjahon tashkilotidir, u 208 000 a’zosi va 503 000 talabalarni butun karerasi davomida qo‘llab-quvvatlaydi, va 170 ta davlatdagi 100 dan ortiq ofislar va markazlardan iborat bo‘lgan tarmog‘i orqali xizmat ko‘rsatadi.

ACCA butun jahon bo‘ylab tajribali, qobiliyatli va maqsadli, hamda buxgalterlik hisobi, moliya va menejment sohasida etakchi bo‘lishga intilgan kishilar uchun biznesga oid, birinchi darajali kvalifikatsiyalarni taklif etishga intiladi. ACCA obro‘sining zamirida jahon darajasidagi buxgalterlik va moliya kvalifikatsiyalarini, ishtirok etish imkoniyatlarini, turli-tumanlik va halollikni ta’minlashning 100 yildan ortiq tajribasi yotadi uning azaliy an’analari esa butun jahon bo‘ylab turli a’zolari qo‘llab-quvvatlayigan zamonaviy fikrlash bilan to‘ldiriladi.

Ushbu daraja bakalavr diplomiga va kasbiy kvalifikatsiyaga qo‘yiladigan talablarni qondirish uchun, Universitet va ACCA tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan. ACCA talabalari endi ACCA ga kirishda Oksfordning Bruks universiteti darajasi berilishi uchun avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tadi. Amaliy bilimlar moduli va amaliy ko‘nikmalar moduli bo‘yicha barcha imtihonlar va kasbiy etika modulini yakunlab, ular Oksfordning Bruks universitetiga RAP (tadqiqot va tahlil loyihasi) ni taqdim etishi mumkin, u Universitetning biznes-maktabi xodimlari tomonidan baholanadi.

Ushbu hamkorlik ACCA talabalariga:

  • yana bir obro‘li mukofotga ega bo‘lish
  • kasbiy rivojlanish lavozimda ko‘tarilish sxemasi doirasida o‘z yutuqlari tan olinishiga ega bo‘lish
  • keyingi kasbiy rivojlanish uchun «mustahkam poydevor» yaratish imkonini beradi.
Оксфорд Брукс, диплом степени бакалавра наук по прикладному учету
Scroll to Top