ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

BIZNING USTUNLIKLARIMIZ VA SIFATDAGI FARQIMIZ

O‘zbekistonda yagona bo‘lgan xalqaro bir yillik bazaviy ta’lim dasturi - “International Foundation Diploma for Higher Education Study” (L3IFDHES), 150 yillik afsonaviy tarixiga ega bo‘lgan OKSFORD BRUKS universitetiga, bir o‘quv yilini yakunlagandan keyin bakalavr darajasiga bevosita kirish imkonini beradi.
+
(Bangor University, Birmingham city University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa oliygohlar kabi, jahonning 71 dan ortiq universitetiga o‘qishga kirish imkoniyatlari.

1000 dan ortiq talabalar va xalqaro sertifikatlangan o‘qituvchilar tarkibi bilan, ACCA dasturlari bo‘yicha 12 yilllik muvaffaqiyatli ta’lim berish tajribasiga ega.

ACCA ning o‘quv materiallarining akkreditatsiyalangan nashriyotchisi – BPP dan asl o‘quv qo‘llanmalari, Buyuk Britaniyadan etkazib beriladi. ACCA malakasi berilishi uchun ta’lim bo‘yicha BPP ning o‘quv materiallari ushbu sohada ulkan ish tajribasiga ega bo‘lgan uning o‘z mualliflari guruhi tomonidan, va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanmalarini yaratish uchun nimalar kerakligini a’lo biladigan ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Mashg‘ulotlar Toshkent shahrining markazida joylashgan, 1200 kv. metrdan ortiq maydonli, zamonaviy, eng ilg‘or texnologiyalarga muvofiq jihozlangan, qo‘riqlanadigan va o‘zining bepul avtomobillar to‘xtash joyiga ega bo‘lgan binoda o‘tkaziladi. Bino “Oybek” metro bekatiga va boshqa ijtimoiy transport turlari bekatlariga bevosita yaqin erda joylashgan.

Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun joylar + bepul va yuqori tezlikdagi Wi-Fi (10mb/s) + choy, qahva, shirinliklar, mevalar cheklanmagan miqdorda.

Yirik xalqaro, xususiy va davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tash, va keyinchalik nafaqat O‘zbekistonda, balki undan tashqarida ham ishga joylashishda ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududi bo‘ylab, ham mahalliy, ham chet el talabalarga eng maqbul narxlar bo‘yicha, yuqori ta’lim berish sifati bilan, ta’lim berish uchun grantlarni va imtiyozli kreditlarni olishda ko‘maklashish.

GRBS®

Scroll to Top