ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

DARAJANI BAHOLASH

Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonot
Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonotni tayyorlashda, siz to‘rtta har xil savolga javob berishingiz kerak. Ulardan ikkitasi loyihangiz rahbari bilan uchrashuvlaringiz bilan bevosita bog‘liq:

Siz loyihangiz rahbari bilan uchrashuvlarda nimani o‘rgandingiz, jumladan, unga taqdim etgan taqdimotingiz qanday?

Siz loyiha ustida ishlash paytida shaxslararo muloqot va aloqa ko‘nikmalaringizni qanday namoyon qildingiz?

Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonotni topshirish uchun, siz loyiha ustida ishlash paytida siz qilgan xulosalar va fikrlar, va/yoki siz amalga oshirgan harakatlar haqida fikrlash qobiliyatingizni ko‘rsatishingiz kerak. Siz shuningdek, o‘z kuchli va kuchsiz tomonlaringizni bilishingizning dalil-isbotlarini taqdim etishingiz kerak.

Siz uchta uchrashuvdan har birida nimaga erishmoqchi ekanligingizni puxta o‘ylash juda muhim bo‘ladi. Uchrashuv paytida nimalar yuz bergani, va maqsadingizga qanday erishilganini o‘ylab olish ham muhim. Uchrashuvdan keyin qayd qilish, yoki shaxsiy kundalik yuritish sizga Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayo-notingizda keyingi ehtimoliy foydalanish uchun, tegishli kontentni ishlab chiqishga yordam beradi.

Daraja sinfi (saviyasi) yangilanishini aniqlash
Siz olishingiz mumkin bo‘lgan darajaning saviyasi (sinfi) quyidagilarga asoslangan bo‘ladi:

  • Siz amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha imtihonda olgan o‘rtacha baho.
  • Siz o‘z tadqiqot va tahlil loyihangiz uchun olgan baho.

Agar sizga «Korporativ va tadbirkorlik huquqi» (LW), «Unumdorlikni boshqarish» (PM) yoki «Soliqqa tortish» (TX) kurslaridan biri bo‘yicha ozod etish imtiyozi berilgan bo‘lsa, undan baho ololmaysiz, shuning uchun u ballaringizning o‘rtacha qiymatini hisoblashga kiritilmaydi.

Masalan: ACCA ning o‘rtacha bahosi 69 va Loyiha bo‘yicha B bahosi bo‘lgan talaba birinchi saviya (sinf) darajasidagi amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasini oladi.

Quyidagi jadval Oksfordning Bruks universiteti darajaning sinfini (saviyasini) qanday aniqlash haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan.

Darajaning saviyasi (sinflari) jadvali

ACCA o‘rtacha ballari Birinchi Yuqori ikkinchi Past ikkinchi Uchinchi
68 va undan ortiq
A, B, C
67
A, B
C
66
A
B, C
60-65
A, B, C
59
A, B
C
58
A
B, C
54-57
A, B, C
53
A, B
C
50-52
A, B, C
Scroll to Top