ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

FAN BAKALAVRI DARAJASI MUVAFFAQIYATLI BERILISHINI NISHONLASH

Agar men uni topshirsam, nima bo‘ladi?
Sizga, odatda, natijalar ko‘rsatilgan xat olinganidan keyin uch oy ichida sertifikat beriladi, va sizga yutug‘ingizni nishonlash uchun bitiruv marosimida ishtirok etish taklif etiladi. Talabalar o‘z baholari qaydnomasini ham so‘rab olishi mumkin.

Bitiruv marosimi
Oksfordning Bruks universitetining bitiruv marosimi – am akademik ta’lim mukofotini jamoaviy tan olish, ham ayrim shaxslarning va butun universitetning yutuqlarini nishonlashdir. Marosim Oksfordning Bruks universitetining rektori yoki uning vakili raisligida o‘tkaziladi, va unda ACCA xodimlari va VIP-mehmonlar ishtirok etadi.

Sizni Oksfordning Bruks universitetida, Oksfordda yoki uning eng yaqin mintaqaviy markazida bo‘lib o‘tadigan amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri diplomini topshirish marosimiga taklif etishadi – hozirgi paytda uni Dubai yoki Malayziyada o‘tkazish taklif etiladi. Marosimdan keyin mehmon kutish marosimi o‘tkaziladi, unga barcha bitiruvchilar va mehmonlar taklif etiladi.

Bu talabalar va ularning oilalari uchun o‘zgacha kundir, Oksfordning Bruks universiteti va ACCA sizning akademik ta’lim yutuqlaringiz nishonlanishini mamnuniyat bilan kutadi.

Amaliy bugalterlik hisobi bo‘yicha bakalavrlar uchun mukofotlar
Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha bakalavriatning barcha talabalari tadqiqot va tahlil loyihasi uchun arizalarni taqdim etishning har bir sessiyasida bitta mukofot olish huquqiga ega bo‘ladi. Muqobil sessiyalarda beriladigan mukofotlar:

  • Metyu Sayks nomli memorial mukofot – sessiyadagi eng yaxshi tadqiqot va tahlil loyihasi uchun 150
    funt
  • Saymon Uilyams mukofoti – sessiyadagi eng yaxshi tadqiqot va tahlil loyihasi uchun 150 funt.

Eng yaxshi tadqiqot va tahlil loyihalari loyihani baholovchilar tomonidan ko‘rsatiladi, dastur direktori tomonidan ko‘rib chiqiladi, loyihaning tashqi imtihon oluvchisi tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi va tasdiqlanadi.

Mukofotni topshirish, imkoni bo‘lganda, g‘olib talabalarga diplom topshirish marosimida bo‘lib o‘tadi.

Bitiruvchilar
Oksfordning Bruks universiteti bitiruvchisi sifatida, siz avtomatik tarzda jahonning 150 dan ortiq davlatlarida yashaydigan va ishlaydigan 130 000 dan ortiq bitiruvchilardan iborat bo‘lgan turli-tuman tarmoqning bir qismiga aylanasiz.

Agar sizda umuman fan bakalavri darajasiga yoki tadqiqot va tahlil loyihasiga tegishli bo‘lgan, ushbu veb-sahifada yoki bakalavr darajasi bo‘yicha ma’lumot to‘plamida javob berish mumkin bo‘lmagan savolingiz bo‘lsa, Oksfordning Bruks universitetidagi ACCA ofisiga murojaat qiling.

ACCA ofisi
Oksfordning Bruks universiteti Biznes-maktabi,
Oksfordning Bruks universiteti,
Xedington Kampus
Djipsi Leyn,
Oksford
Ox3
0BP United Kingdom

Email: acca@brookes.ac.uk
Tel.: +44 (0) 1865 485702
Faks: +44 (0) 1865 485802

Scroll to Top