ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

MEʹYORIY-HUQUQIY BAZA

  • Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 173-son qarori ilovasi 7-punktiga asosan, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) quyidagi hollarda amalga oshiriladi:  Xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 500-talik ro’yhatiga kiritilgan tashkilotlarning diplomini olganda (5-chi band)

Bog‘lanish: http://lex.uz/ru/docs/3156609

  • Oksford Bruks Universiteti butun jahon TOP-500 eng obro‘li universitetlariga kiradi. Batafsil ma’lumot uchun quyidagi PDF shaklidagi faylni yuklab oling

Yuklab oling: QS World Universities Ranking

  • Auditorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 119-son buyrug‘i ilovasining 2-bobiga asosan xalqaro buxgalteriya hisobi bo’yicha sertifikatga ACCA ega bo’lgan auditorlar xalqaro auditorlar malaka oshirish jarayonidan o’tishi mumkin. 3-bobiga asosan akkreditatsiya olgan Nodavlat Ta’lim Muassasalarda Xalqaro Buxgalteriya Hisobi Standartlari bo’yicha ACCA diplomi alohida ahamiyatga ega. 

Bog‘lanish: http://lex.uz/ru/docs/3344761

  • Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-327son qarori 5-bobiga ko’ra, bank-moliya faoliyati sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish belgilangan. Shunga ko’ra, bank-moliya sohasidagi kadrlarni tayyorlash muhim masala hisoblanadi. 

Bog‘lanish: http://lex.uz/ru/docs/3342348

  • O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida pf-4947-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 1- ilovasi, 3-bo’lim, 3.1. bobiga ko’ra, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish maqsadi belgilangan. Shunga ko’ra xalqaro satndartlarga mos ravishda iqtisodiy soha mutaxassislari ta’lim olishi ahamiyatga ega

Bog‘lanish: http://lex.uz/ru/docs/3107036

Scroll to Top