ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

Xalqaro asosiy tayyorgarlik yili

Malaka nomi, Ballar, Modullar
Oliy ma’lumot bo‘yicha 3-daraja xalqaro bazaviy ta’lim diplomi 120 ball.
Malaka berilishi uchun ta’limning umumiy vaqti: 1,200 soat
O‘qituvchi bilan ta’lim olish soatlari: 663
Nomzodlar Oliy ma’lumot bo‘yicha 3-daraja xalqaro bazaviy ta’lim diplomi sertifikatini olish uchun barcha asosiy modullarni va tanlov asosida ikkita modulni topshirishi lozim.

Asosiy modullar
Ingliz tili bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish Ingliz tili bo‘yicha kengaytirilgan ko‘nikmalar Akademik maqsadlar uchun ingliz tili Ta’lim olish va muloqot ko‘nikmalari
(TQT: 300 soat / 30 ball)
(TQT: 200 soat / 20 ball)
(TQT: 100 soat / 10 ball)
(TQT: 200 soat / 20 ball)
Madaniyatga oid bilimlar ta’limi
Bazaviy matematika o‘qitish
(TQT: 100 soat / 10 ball)
(TQT: 100 soat / 10 ball)

Oliy moliya ta’limi bo‘yicha modullar

Buxgalterlik hisobi va iqtisodiyotga kirish Oliy matematika
(TQT: 100 soat / 10 ball)
(TQT: 100 soat / 10 ball)

GRBS  – NCC Education butunjahon xalqaro tashkiloti bilan mintaqaviy va strategik hamkorlikda O‘zbekistonda bir yillik Xalqaro bazaviy ta’limni kiritadi
GRBS ning O‘zbekistondagi strategik hamkori – NCC Education – eng ko‘p tanlanadigan tashkilot, va Buyuk Britaniyadagi ta’limning global darajadagi etkazib beruvchisi. Biz talabalarga daraja berilishi dasturlarida bevosita ishtirok etish imkonini taklif etamiz. Biz talabalarimizga qo‘shimcha daraja olish imkonini taklif etish uchun, Buyuk  Britaniyadagi hamkor-universitetlar bilan, shu jumladan Oksford Bruks universiteti bilan ishlaymiz. NCC Education shuningdek Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, AQSh, Singapur, Shveytsariya va Xitoy kabi ettita davlatda 71 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

Hukumat va sanoat tomonidan tan olinishi
NCC Education quyidagi davlat va sanoat organlari tomonidan tan olingan:

Ofqual
Hamkor – NCC Education,  Malaka berilishi va imtihonlarni boshqarish idorasi (Ofqual) tomonidan Buyuk Britaniya malaka darajalari berilishi uchun sifatiga ko‘ra eng ko‘p tanlanadigan tashkilot sifatida tan olingan. Idora barcha talabalar eng  yuksak darajada ta’lim olishini kafolatlash uchun, Angliyada malaka berilishi, imtihonlar va attestatsiya o‘tkazilishini boshqaradi va nazorat qiladi. Ofqual tomonidan akkreditatsiyalangan malaka darajalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni Akkreditatsiyalangan malaka darajalarining Milliy axborot bazasida (NDAQ) topish mumkin.

Ta’lim departamenti
Hamkor – NCC Education Ta’lim departamenti tomonidan va  Biznes-innovatsiyalar va ko‘nikmalar Departamenti tomonidan 2000 yilgi Ta’lim va ko‘nikmalar to‘g‘risida Qonunning 96-moddasi va 97-moddasiga muvofiq oliy ma’lumot malaka darajalarini beruvchi eng ko‘p tanlanadigan tashkilot sifatida tan olingan.

Buyuk Britaniyada tan olinishi
Buyuk Britaniya organlari tomonidan boshqariladigan malaka darajalarimiz,  Buyuk Britaniyaning elektron o‘qitish tizimi (kompyuter asosida malaka berilishi uchun) va Boshqarish Kengashi (biznes-malaka berilishi uchun) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Nima uchun bizning bir yillik Xalqaro bazaviy ta’limimiz tanlanadi?
Oliy ma’lumot bo‘yicha 3-daraja xalqaro bazaviy ta’lim diplomi (L3IFDHES) chet tili sifatida ingliz tilini o‘rgangan, ingliz tilida o‘rganiladigan va baholanadigan oliy ta’lim malaka darajasi berilishini istagan shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Oliy ma’lumot bo‘yicha 3-daraja xalqaro bazaviy ta’lim diplomimiz:

  • Ofqual tomonidan Boshqariladigan malaka darajalari Reglamentiga muvofiq tartibga solinadi.
  • Uning sifati kafolatlangan, hamda Buyuk Britaniyada va butun jahon bo‘ylab o‘zini a’lo namoyon qilgan.
  • Universitetga tayyorlanish uchun yuqori baholanadigan malaka darajasi, nomzodlarga asosiy o‘rganiladigan ta’lim ko‘nikmalari, madaniyatga oid bilimlar bilan birga, ingliz tili bo‘yicha (ham umumiy, ham akademik yo‘nalishda) bilimlarini, va matematikani tushunishini namoyish etish, shuningdek biznes va iqtisodiyotning asosiy kontseptsiyalarini (biznes bo‘yicha fakultativlar) yoki kompyuter dasturlashtirish ko‘nikmalarini (kompyuter bilimlari bo‘yicha fakultativlar) namoyish etish imkonini beradi.
  • Oliy ma’lumot bo‘yicha xalqaro bazaviy ta’lim diplomi bo‘yicha o‘quv rejasi va baholash usullari 16-19 yoshdagi o‘quvchilar uchun ham, katta yoshli talabalar uchun ham mos keladi.
  • Buyuk Britaniyada ham, boshqa davlatlarda ham ko‘p universitetlar tomonidan tan olingan va yuksak baholangan. Buyuk Britaniyada va chet elda 71 dan ortiq universitetlarda ta’lim olish uchun o‘qish yo‘nalishlari mavjud.
Scroll to Top