ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

LOYIHA RAHBARINING ROLI

Oksfordning Bruks universitetining bakalavriat dasturining talablaridan biri shuki, talabalarda tadqiqot va tahlil loyihasini yakunlash uchun ularni qo‘llab-quvvatlaydigan va yo‘naltiradigan loyiha rahbari bo‘lishi lozim.

Sizning Loyiha rahbaringiz sizga Loyiha bo‘yicha faoliyatingiz davomida sizga maslahat va fikrlarni taqdim etib, Tadqiqot va tahlil loyihangizni tayyorlashda yordam beradi. Oksfordning Bruks universiteti shuningdek undan loyihangiz rahbari bo‘lganligini, va sizning tadqiqot va tahlil loyihangiz – o‘z ishingiz ekanligini tasdiqlashini so‘raydi.

E’tibor bering: rahbarlik – sizning shartnoma bo‘yicha ijrochi sifatida ishlaydigan ro‘yxatga olingan shaxsiy loyiha rahbaringiz tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat. Ko‘pchilik loyiha rahbarlari bu xizmatni ko‘rsatish uchun haq oladi. Bu haq 500 funt sterlinggacha bo‘lishi mumkin.

Oksfordning Bruks universiteti loyihangiz rahbari bilan har biri odatda 30 daqiqaga yaqin davom etadigan kamida uchta uchrashuv bo‘lishini talab qiladi. Agar loyihangiz rahbari rozi bo‘lsa, siz qo‘shimcha yoki uzoqroq uchrashuvlarni o‘tkazishingiz mumkin, lekin siz bu haqda tadqiqot va tahlil loyihasi ustida ish boshlashdan avval kelishib olishingiz lozim.

Loyiha rahbari bilan uchrashuvlar nafaqat yaxshi tadqiqot va tahlil loyihasini tayyorlash uchun shart bo‘lgan rejalashtirish va tadqiqotga, balki tinglash, so‘rash va o‘z natijalarini taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga qaratilishi kerak. Oksfordning Bruks universiteti siz har bir uchrashuvni rejalashtirishga, qaralishi lozim bo‘lgan masalalarni tayyorlashni kiritishingiz shart, ular siz uchun maqbul vaqtda ko‘rib chiqilishi mumkin, deb hisoblaydi. Asosiy masalalarga e’tibor qarating va uchrashuvning kerakli natijalarini belgilang. Tadqiqot to‘g‘risida hisobotingizni rivojlantirish uchun kerakli harakatlarni yozib olish, va Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonot uchun fikrlaringizga hissa qo‘shish uchun, qaydlar qilib boring.

2015 yil iyunidan barcha loyihalar rahbarlari ma’qullangan rahbarlik onlayn-kursini muvaffaqi-yatli o‘tishi, va amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasini olish uchun ma’qullan-gan rahbarlar sifatida Oksfordning Bruks universiteti veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Avvalgi kursni o‘tgan loyiha rahbarlari, Oksfordning Bruks universiteti ma’qullagan holda, yangi ma’lumot bazasiga o‘tkaziladi.

Loyiha rahbarini tanlash

Siz loyihangiz rahbari bo‘ladigan shaxsni topish, va u bilan uchta uchrashuvni belgilash uchun mas’ul bo‘lasiz. Oksfordning Bruks universiteti sizga loyiha rahbarini taqdim eta olmaydi, lekin Oksfordning Bruks universiteti ularning ichidan siz o‘z loyihangiz rahbarini tanlashingiz kerak bo‘lgan shaxslarning uchta toifasini belgilab berdi,.

Siz tanlaydigan shaxs quyidagilardan biri bo‘lishi kerak:

  • Kollejdagi yoki universitetdagi ustozingiz
  • Ishdagi sizdan katta bo‘lgan hamkasabangiz, masalan, sizdan yuqori turuvchi boshlig‘ingiz
  • Kvalifitsiyaga ega bo‘lgan diplomli va sertifikat olgan buxgalter

Agar siz bu uchta toifadan birortasiga kirmaydigan shaxsni bo‘lg‘usi loyiha rahbari sifatida belgilagan bo‘lsangiz, siz Oksfordning Bruks universitetida ACCA ofisi bilan bog‘lanib, siz taklif etgan loyiha rahbarining rezyume nusxasini tasdiqlash uchun taqdim etishingiz kerak.

Agar taklif etilgan loyiha rahbari tan olingan kasbiy organ yoki institutning a’zosi bo‘lsa, va/yoki darajaga ekvivalent bo‘lgan va tan olingan kvalifikatsiyaga ega bo‘lsa, tasdiqlash amalga oshirilsa kerak.

Loyiha rahbarining fazilatlari

  • Oksfordning Bruks universiteti samarali loyiha rahbarining quyidagi fazilatlarini belgilagan. Siz o‘z loyihangiz rahbarini tanlash paytida bu fazilatlar ro‘yxati ustida o‘ylab ko‘rishingiz mumkin:
  • U bilan uchrashish oson, talabaga muvaffaqiyat qozonishda yordam berishga haqiqiy manfaatdor
    bo‘ladi
  • Tinglaydi va faol tarzda savollarni beradi
  • Maxfiylikni hurmat qiladi, va atrofidagilarning ishonchini qozongan
  • Tadqiqot natijasida yuzaga keladigan g‘oyalar va muammolarni to‘liq o‘rganish uchun aniq va tushunarli
    harakat qiladi
  • O‘tkaziladigan tadqiqotlar haqida ijobiy va konstruktiv fikrlar beradi
  • Samarali muloqot bo‘yicha muammolar va muhokamalar
  • Ko‘makni taklif etadi va ilhomlantiradi
  • Talabaga o‘z maqsadlariga erishishga yordam beradi
  • Talabaga to‘g‘ri savollarni berishga, tizimli fikr yuritishga, tegishli bag‘olash usullarini qo‘
    llashni o‘rganishga, hamda olingan natijalarni tahlil qilish va talqin etishga yordam beradi
  • Neytral va qoralamaydigan kishi bo‘lib qoladi
  • Batafsil rahbarlikni amalga oshiradi, lekin talabaning o‘zi qarorni qabul qilishini
    kafolatlaydi
  • Bilimi ko‘p va uquvli
  • Texnikaviy jihatlarning mohiyatini tushunadi, lekin bir fan bo‘yicha ekspert bo‘lmaydi
  • Reklama qilingan va maqtovlar olgan

Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonot
Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonotni (SLS) tayyorlashda, siz to‘rtta har xil savolga javob berishingiz kerak. Ulardan ikkitasi loyihangiz rahbari bilan uchrashuvlaringiz bilan bevosita bog‘liq:

Siz loyihangiz rahbari bilan uchrashuvlarda nimani o‘rgandingiz, jumladan, unga taqdim etgan taqdimotingiz qanday?

Siz loyiha ustida ishlash paytida shaxslararo muloqot va aloqa ko‘nikmalaringizni qanday namoyon qildingiz?

Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonotni topshirish uchun, siz loyiha ustida ishlash paytida siz qilgan xulosalar va fikrlar, va/yoki siz amalga oshirgan harakatlar haqida fikrlash qobiliyatingizni ko‘rsatishingiz kerak. Siz shuningdek, o‘z kuchli va kuchsiz tomonlaringizni bilishingizning dalil-isbotlarini taqdim etishingiz kerak.

Siz uchta uchrashuvdan har birida nimaga erishmoqchi ekanligingizni puxta o‘ylash juda muhim bo‘ladi. Uchrashuv paytida nimalar yuz bergani, va maqsadingizga qanday erishilganini o‘ylab olish ham muhim. Uchrashuvdan keyin qayd qilish, yoki shaxsiy fikrlar kundaligini yuritish sizga Ko‘nikma va ta’lim to‘g‘risida bayonotingizda keyingi ehtimoliy foydalanish uchun, tegishli kontentni ishlab chiqishga yordam beradi.

Scroll to Top