ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

DARAJA BILAN KVALIFIKATSIYA OLISH

Oksfordning Bruks universitetida amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasining diplomini olish uchun, siz quyidagilarni amalga oshirishingiz lozim:

  • Oksfordning Bruks universitetida ro‘yxatdan o‘tish, ya’ni dasturga fan bakalavri daraajsini olish uchun kursni kiritish
  • Ingliz tilidagi tan olingan malaka sertifikati va baholash qaydnomasiga ega bo‘lish (mavjud bo‘lsa), ular Moliyaviy hisobot (FR), Audit va sug‘urta (ta’minot) (AA) yoki Moliyaviy menedjment (FM) kurslarini topshirishdan avval ACCA ga topshirilishi va ma’qullanishi lozim. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, kuydagi manbaga kiring: https://www.accaglobal.com/gb/en/student/exam-entry-and-administration/oxford-brookes-bsc-hons-in-applied-accounting/eligibility-for-the-oxford-brookesbsc.html
  • «Moliyaviy hisobot» (FR), «Audit va sug‘urta (ta’minot)» (AA) va «Moliyaviy menedjment» (FM) imtihonlarini topshirish, va «Amaliy bilim» va «Amaliy ko‘nikmalar» bo‘yicha boshqa imtihonlarni imtihon yoki imtiyozli ozod bo‘lish yo‘li bilan topshirish. Talabalar amaliy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha barcha to‘qqizta imtihonni, talaba daraja diplomini olmoqchi bo‘lgan arizalarni berish davri boshlanishidan kamida ikki oy avval muvaffaqiyatli topshirishi lozimligini unutmang.
  • ACCA ning etika va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha modulini tadqiqot va tahlil loyihasini taqdim etish sanalariga muvofiq yakunlash.
  • Tadqiqot va tahlil loyihasini yakunlash va Oksfordning Bruks universitetiga taqdim etish.

Agar siz kvalifikatsiya asosida 10 yildan ortiq muddat avval amaliy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha istalgan imtihondan ozod etilgan bo‘lsangiz, siz darajaga ega bo‘lish dasturida ishtirok etish uchun barcha ozod etish imtiyozlaridan voz kechishingiz kerak.

Daraja sizning ACCA da birinchi imtihoningiz yoki birinchi ozod etish imtiyozingiz sanasidan boshlab 10 yil ichida yakunlanishi va berilishi lozim, aks holda sizning huquqingiz bekor qilinadi

Квалификация по степени
Scroll to Top