ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

KIRISH BO‘YICHA TALABLAR

Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasi talabalarni kasbiy buxgalter karerasiga tayyorlash, va ularni tashkilotlari, jamoalari va jamiyat faoliyatiga ko‘proq hissa kiritishga tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Bularga talabalarning o‘quv dasturlariga korporatsiyalarda kasbiy ta’lim kiritilishi hisobiga, hamda kasbiy imtihonlar natijasida olingan bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish va oshirish yo‘li bilan erishiladi.

Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasiga kirish uchun qo‘yiladigan talablar o‘z o‘qishga oid qobiliyatini isbotlagan, matematika va ingliz tili bo‘yicha ko‘nikmalarining barqaror asosini namoyish eta oladigan ehtimoliy talabalarni qabul qilish uchun belgilagan.

Yoshiga oid talablar
Nomzodlar o‘quv yili boshlanishi paytida 17 yoshdan kichik bo‘lmasligi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Nomzodlar keng fan doirasini o‘rganishi, va O‘zbekistonda to‘liq o‘rta ma’lumot attestatiga ekvivalent bo‘lgan ta’lim to‘g‘risida attestatga (litsey, kollej) yoki maktabning 11-sinfini tugatganligi to‘g‘risida attestatga (maktab attestati) ega bo‘lishi lozim.

Chet el fuqarolariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Nomzodlar muvaffaqiyatli tugallangan o‘rta maktab ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.

Ingliz tili bo‘yicha talablar*
Nomzodlar:

  • ACCA ning Toshkentdagi GRBS o‘quv markazida ingliz tili bo‘yicha tekshiruv testini topshirishi,

yoki

  • IELTS score 4.5, yoki PTE Academic score 30, yoki TOEFL 32  ball bahosiga ega bo‘lishi lozim.

* Ikkinchi yil oxirida (ACCA TX soliqqa tortish imtihonini topshirishdan keyin) talabalar TOEFL 60, yoki PTE Academic score 50, yoki IELTS 6.0 (reading va writing kamida 6.0, listening va speaking kamida 5.5).

Matematika bo‘yicha talablar
Nomzodlar matematika bo‘yicha maqbul bilim darajasiga ega bo‘lishi lozim.

Buni ACCA ning Toshkentdagi GRBS o‘quv markazida matematika bo‘yicha kirish testini topshirib, isbotlash mumkin.

Muhim Izoh 1:

Agar GRBS da topshirilgan matematika va ingliz tili bo‘yicha imtihonlar natijalari talab etilganidan pastroq bo‘lsa, GRBS matematika va ingliz tili bo‘yicha intensiv kurs o‘tishni tavsiya etadi.


Muhim Izoh 2:

* Ikkinchi yil oxirida (ACCA TX soliqqa tortish imtihonini topshirishdan keyin) talabalar TOEFL 60, yoki PTE Academic score 50, yoki IELTS 6.0 (reading va writing kamida 6.0, listening va speaking kamida 5.5).

Scroll to Top