ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

QOIDALAR

Oksford Bruks universitetining tadkikot va tahlil loiyxasiga tegishli tayorgarlik, taqdim etish va baholashga, hamda amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasi berilishiga tegishli bo‘lgan qoidalari siz uchun amal qiladi.

Teng imkoniyatlar
Biznes fakulteti inklyuziv ta’lim olish muhiti yaratilishiga ko‘maklashadi, bu muhit kishilarni qadrlash, va ularga o‘z salohiyatini to‘liq ochib berish uchun qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi. Fakultet 2010 yilgi Teng imkoniyatlar haqidagi Qonunga muvofiq holda, adolatsiz tahqirlashni yo‘q qilib, unga yo‘l qo‘ymaslik, va universitet jamoasining a’zolari o‘rtasida yaxshi munosabatlarni va imkoniyatlar tengligini yaratishga ko‘maklashish uchun, o‘z vazifalarini bajarishga intiladi. «Mavzu bo‘yicha havolalar» bo‘limida havolani bosib, universitetning teng imkoniyatlar va turli-tumanlik haqidagi bayonnotini ko‘rib chiqing.

Akademik ta’limga oid murojaatlar va shikoyatlar
Siz imtihon oluvchining akademik ta’limga oid fikri ustidan shikoyat qila olmaysiz.

Siz tadqiqot va tahlil loyihangizga ma’lum baho berilishi haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashingiz mumkin. Lekin imtihon oluvchining akademik ta’limga oid fikriga rozi bo‘lmaslik bunday qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘la olmaydi, u odatda faqat baholash Tadqiqot va tahlil loyihasi qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligi yoki yo‘qligi masalasini ko‘rib chiqadi. Oksfordning Bruks universiteti veb-saytida, «Mavzu bo‘yicha havolalar» bo‘limida «OBU qoidalari» havolasi bo‘yicha o‘tib, qoidalar haqidagi batafsil ma’lumotni ko‘rish mumkin.

Intizomiy jazo amallari
Tadqiqot va tahlil loyihasini tayyorlaydigan va taqdim etadigan talaba bo‘lib, siz Oksfordning Bruks universitetining akademik ta’limga oid qoidalariga, shu jumladan, tavlamachilik haqidagi qoidalariga bo‘ysunasiz. Oksfordning Bruks universiteti veb-saytida, «Mavzu bo‘yicha havolalar» bo‘limida «OBU qoidalari» havolasi bo‘yicha o‘tib, qoidalar haqidagi batafsil ma’lumotni ko‘rish mumkin.

Tovlamachilik va plagiat
Barcha baholashlar, baholanishi o‘tkaziladigan har bir alohida talabaning ko‘nikmalari, qobiliyati, tushunishi va bilimini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Tovlamachilik adolatli bo‘lmagan akademik ta’limga oid afzallikka ega bo‘lish yoki bunga urinish deb ta’riflanadi. Tovlamachilik yoki biror-bir shaxsga tovlamachilikda yordam berish (jumladan biror-bir shaxsga tovlamachilikda ko‘maklashishga urinish) universitetning intizomiy jazo amallariga muvofiq, intizomiy jazoga sabab bo‘lishi mumkin. Universitet bu masalaga o‘ta jiddiy qaraydi, va ba’zi talabalar baholashda tovlamachilik uchun talabalar safidan chiqarilgan yoki darajadan mahrum etilgan. Agar sizning ishingizda qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo‘lsa, baho olish uchun halol bo‘lmagan vositalardan foydalanishga havas qilmay, ustozingizga yordam olish uchun murojaat qilish muhim bo‘ladi. Daraja olish imkoniyatingizdan va butun bajargan ishingizdan mahrum bo‘lish xavfiga qolmang.

Tovlamachilikning har xil shakllari
Universitet qoidalari bir qator tovlamachilikning turli-tuman shakllarini belgilaydi, lekin tovlamachilikning har qanday shakli qat’iy taqiqlanadi. Batafsil ma’lumotni “Tovlamachilik va plagiat shakllari” bo‘limida o‘qing.

Scroll to Top