ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

TALABALAR FAN BAKALAVRI DARAJASI HAQIDA KO‘P BERADIGAN SAVOLLAR

Men fan bakalavri darajasiga ega bo‘lishim uchun nima qilishim kerak?
Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasiga ega bo‘lish uchun, siz:

  • Oksfordning Bruks universitetida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz, ya’ni bakalavr darajasiga ega
    bo‘lish dasturini tanlashingiz;
  • va ACCA ning amaliy ko‘nikmalar: Moliyaviy hisobot (FR), Audit va sug‘urta (ta’minot) (AA) va
    Moliyaviy menedjment (FM) bo‘yicha uchta imtihonidan istalgan birini topshirishdan avval, ingliz
    tili bo‘yicha tegishli kvalifikatsiyaga ega bo‘lishingiz;
  • amaliy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha jami to‘qqizta imtihonni muvaffaqiyatli topshirish
  • ACCA ning etika va kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha modulini o‘tishingiz (topshirishingiz);
  • tadqiqot va tahlil loyihasini yakunlash va Oksfordning Bruks universitetiga topshirishingiz kerak.

May va noyabr oylarida taqdim etish davrlarida Tadqiqot va tahlil loyihasini taqdim etish uchun, iltimos, RAP ni taqdim etish sanalariga qarang.

Sizning ACCA dasturida birinchi imtihoningiz sanasi, yoki birinchi ozod etish imtiyozingiz sanasidan boshlab 10 yil ichida daraja yakunlanishi va berilishi lozim, aks holda huquqingiz bekor qilinadi.

Siz daraja berilishi dasturida ishtirok etayapsizmi, va bunga huquqingiz borligi yoki yo‘qligini bilish uchun, myACCA dasturiga kiring.

Nima uchun men Oksfordning Bruks universitetida darajaga ega bo‘lish dasturida ishtirok etish huquqiga ega emasman?
Agar siz daraja berilishi dasturida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmasangiz, bu quyidagi sabablardan biri tufayli yuz beradi:

Siz ACCA ga amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasi kiritilganidan avval kirgansiz.

  • 2000/2001 yilda daraja berilishi dasturi kiritilganda, unga huquqi bo‘lgan barcha ro‘yxatdan
    o‘tkazilgan talabalar 2001 yil noyabr oyigacha daraja berilishi dasturida ishtirok etishi lozim
    edi. Buni qilmagan har qanday talaba, avtomatik tarzda chiqarib yuborilgan.
  • Agar siz ACCA da ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, lekin dasturda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, va sizga
    «Moliyaviy hisobot (FR) – Moliyaviy menedjment (FM)» imtihonlarini topshirish hali zarur
    bo‘lmasa, ya’ni siz birinchi imtihonni topshirgan ilk sanasidan yoki sizga ACCA ning ozod etish
    imtiyozi birinchi berilishi sanasidan hali 10 yil o‘tmagan bo‘lsa, iltimos, daraja berilishi
    dasturida ishtirok etish uchun ACCA Connect xizmati bilan bog‘laning.

Siz ACCA da ro‘yxatdan o‘tish shaklingizda, Oksfordning Bruks universitetida daraja berilishi dasturiga qo‘shilishni istamaganingizni ko‘rsatib, belgi qo‘ygansiz

  • Agar siz hali moliyaviy hisobot (FR), audit va sug‘urta (ta’minot) (AA) va moliyaviy menedjment
    (FM) bo‘yicha imtihon topshirmagan bo‘lsangiz, siz ACCA Connect xizmati bilan bog‘lanib, yana fan
    bakalavri darajasi berilishida ishtirok etishingiz mumkin.
  • Agar siz istalgan imtihonni topshirgan bo‘lsangiz, afsuski, daraja berilishi uchun ta’lim
    dasturida yana ishtirok etish uchun kech bo‘ldi.
  • Agar sizda birorta imtihondan ozod etish imtiyozingiz bo‘lsa, siz ulardan voz kechish va darajaga o‘z
    huquqingizni saqlab qolish uchun ACCA Connect xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin. Siz o‘z ozod
    etish imtiyozingizdan voz kechganingizdan keyin bu qaroringizni o‘zgartira olmaysiz.
  • Agar siz 10 yil avvalgi kvalifikatsiyaga asoslangan amaliy bilimlar yoki amaliy ko‘nikmalar
    bo‘yicha istalgan imtihondan ozod etilgan bo‘lsangiz, daraja berilishi dasturida ishtirok etish uchun
    barcha ozod etish imtiyozlaridan voz kechishingiz kerak.

Siz ingliz tili bo‘yicha ma’qul kvalifikatsiyasiga ega emassiz

  • Agar siz korporativ va tadbirkorlik huquqi (LW) bo‘yicha imtihonni 2014 yil iyunida yoki undan avval topshirgan bo‘lsangiz, bu uning ma’qul isboti bo‘ladi.
  • Agar siz korporativ va tadbirkorlik huquqi (LW) bo‘yicha imtihonni 2014 yil iyunigacha topshirmagan bo‘lsangiz, ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimingizni namoyish etish uchun muqobil usullarni topish uchun, «Ingliz tili bo‘yicha tan olingan kvalifikatsiyalar» (144 KB) pdf-faylni yuklab oling.

Siz ACCA da 10 yildan uzoqroq ro‘yxatdan o‘tgansiz

  • Amaliy buxgalterlik hisobi bo‘yicha fan bakalavri darajasi berilishi huquqi talaba imtihonni birinchi topshirishi yoki ACCA da birinchi ozod etish imtiyozi berilishi sanasidan boshlab, 10 yil muddatga ega bo‘ladi. Agar siz uchun bu muddat tugagan bo‘lsa, bizda daraja olish huquqiga ega emasligingizni afsus bilan bildiramiz.

Agar sizda fan bakalavri darajasi berilishi huquqingiz bor-yo‘qligini bilmoqchi bo‘lsangiz, ACCA Connect xizmati bilan bog‘laning.

Iltimos, har qanday yozishmada ACCA dagi ro‘yxat raqamingizni qo‘ying.

Men ro‘yxatdan o‘tishdan keyin Oksfordning Bruks universitetiga ariza berishim mumkinmi?
Talabalar ro‘yxatdan o‘tishdan keyin Oksfordning Bruks universitetida fan bakalavri darajasiga ega bo‘lish uchun ariza berishi mumkin. Shu bilan birga, ular (FR), (AA) va (FM) imtihonlarini topshi-rishdan avval ariza berishi, va ingliz tili bo‘yicha tan olingan kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi kerak.

Men Oksfordning Bruks universitetida beriladigan darajaning bahosini qanday aniqlashim mumkin?
Fan bakalavri darajasining saviyasi (sinfi) quyidagilarga asoslanadi:

  • ACCA ning o‘rtacha bahosi, amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha imtihonlarda baholar bo‘yicha aniqlanadi
  • Tadqiqot va tahlil loyihasi bo‘yicha erishilgan baholash.

ACCA ning o‘rtacha bahosi, siz o‘tgan va topshirgan amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha imtihonlarda olingan baholarning o‘rtacha qiymatini hisoblash orqali hisoblanadi.

Agar hisoblangan o‘rtacha baho butun son bo‘lmasa, hisoblangan o‘rtacha qiymati mos holda, yaqin bo‘lgan ko‘proq yoki kamroq tomoniga yaxlitlanadi. Agar sizga korporativ va tadbirkorlik huquqi (LW), unumdorlikni boshqarish (PM) yoki soliqqa tortish (TX) bo‘yicha imtihonlardan istalgan biridan ozod etish imtiyozi berilgan bo‘lsa, undan baho ololmaysiz, va ushbu baho ACCA ning o‘rtacha bahosini hisoblashga kiritilmaydi.

Scroll to Top