ACCA Oxford Brookes в Узбекистане

Chet elda oʻqishni istagan maktab, litsey, kollej bitiruvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga: endi 1-yilni O’zbekistonda oʻqib, qolgan 3 yilni Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya yoki Irlandiyada davom ettirib, xalqaro bakalavrlik diplomini qo’lga kiritish mumkin!

Xalqaro universitetlarga toʻgʻridan-toʻgʻri, hech qanday qiyinchiliklarsiz kirishni xoylaysizmi? Unda Xalqaro Foundation (Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies) dasturi aynan Siz uchun!

Xalqaro Foundation dasturi nima?

Xalqaro Foundation dasturi Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yevropa va dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlaridagi bakalavriat yo’nalishlari boʻyicha bir yillik tayyorgarlik dasturidir. Talabalar avval 1 yil Xalqaro Foundation kursini va keyin 3 yil bakalavrlik kursini oʻqib, bakalavrlik diplomini olishadi. Xalqaro Foundation dasturi Oʻzbekistondagi universitetlarning bakalavriatdagi 1-kursning muqobili hisoblanadi.

Toshkentda joylashgan GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti Oʻzbekiston yoshlariga Oʻzbekistonning oʻzida dunyoning rivojlangan davlatlarida joylashgan xalqaro universitet bakalavriatiga oʻqish uchun yoʻl ochuvchi Xalqaro Foundation kursida oʻqish imkoniyatini taqdim etadi.

Ushbu dasturni tugatganlar Bangor University, Birmingham City University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa (jami 71 dan ortiq) xalqaro universitetlarning bakalavrlik bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Hozirda GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti Buyuk Britaniyada joylashgan NCC Education xalqaro ta’lim muassasasining Oʻzbekiston va Ozarbayjondagi rasmiy hamkori hisoblanadi.

GRBS Xalqaro taʼlim tashkiloti hamkori hisoblangan NCC Education xalqaro ta’lim muassasasi Angliyadagi ta’lim sifatini nazorat qiluvchi hukumat tashkiloti – Ofqual malaka va imtihon idorasi tomonidan sifatli bilim beradigan tashkilot sifatida e’tirof etiladi. NCC Education xalqaro ta’lim muassasasi 1966-yilda Britaniya hukumati tashabbusi bilan tuzilgan Milliy Dasturlash Markazining boʻlimi sifatida tashkil etilgan. Hozirda ushbu muassasa 50 dan ortiq davlatlarda 160 dan ortiq hamkor ta’lim tashkilotlari va muassasalari bilan birga faoliyat yuritmoqda.

Xalqaro Foundation dasturi talabalarning umumiy va ilmiy koʻnikmalarini kengaytiradi, ingliz tilini mustahkamlaydi va yuqorida sanab oʻtilgan xalqaro universitetlarning bakalavrlik bosqichida oʻqishga professional darajada tayyorlaydi.

Xalqaro Foundation kurisni tugatganlar Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Irlandiyadagi xalqaro universitetlarda quyidagi sohalar boʻyicha bakalavrlik bosqichida oʻqishi mumkin:

  • Business (Biznes)
  • Computing (Kompyuter fanlari, ya’ni dasturlash, kompyuter texnologiyalari va boshqalar).
  • Engineering (Muhandislik)
  • Humanities (Gumanitar fanlar)
  • Science (Ilm-fan, ya’ni tabiiy, tibbiy va aniq fanlar)
  • Healthcare (Sogʻliqni saqlash)

Taklif etilayotgan oʻquv dasturining afzalliklari:

  • O’zbekistondagi Xalqaro 1 yillik tayyorgarlik dasturi – “International Foundation Diploma for Higher Education Study” (L3IFDHES) Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Irlandiyada joylashgan Bangor University, Birmingham City University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa (jami 71 dan ortiq) xalqaro universitetlarning bakalavrlik bosqichiga to’g’ridan-to’g’ri kirish imkonini beradi.
  • Ushbu dasturni yuqorida sanab oʻtilgan universitetlarning oʻzida emas, O’zbekistonda oʻqish narxi deyarli 3 baravar arzonga tushadi.
  • Darslar toʻliq xalqaro standartlar asosida hamda taʼlim sohasidagi eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan sinfxonalarda oʼtiladi va sifatli taʼlim taʼminlanadi.
  • Dastur soʻnggida talabalar “Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies” Xalqaro miqyosda e’tirof etilgan diplomga ega bo’lishadi.

Dasturga qabul talablari:

  • Nomzod kamida 17 yosh boʻlishi kerak.
  • Nomzod litsey/kollej diplomiga yoki 11-sinf attestatiga ega boʻlishi kerak
  • Til talabi: nomzodlar ushbu kursga qabul qilinish uchun GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotidagi ingliz tili testini topshirishi kerak. Agar nomzod ingliz tilini bilish darajasi isbotlovchi quyidagi hujjatlardan biriga ega boʻlsa, ingliz tili testini topshirmaydi va toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi: Pearson PTE 30 yoki IELTS 4.5 yoxud TOEFL 32-34.

Dasturda ishtirok etishni istagan chet ellik nomzodlar uchun turar joy, roʻyxatdan o’tishga yordam beriladi.

Ro’yxatdan o’tish 2019-yilning 30-yanvarigacha davom etadi.

Darslar 2019-yilning 1-fevralidan boshlanadi.

Taʼlim narxi: Level 3 “International Foundation Diploma for Higher Education Studies” kursining o’qsih puli (kontrakt) – 2 600 funt sterling (taxminan 3400 AQSh dollari) ni tashkil etadi. (Angliyada bu kursda o;qish kontrakti 8800 funt sterling, ya’ni taxminana 11400 AQSh dollariga teng.).

Ulkan imkoniyatlar eshigini ochuvchi sifatli ta’lim orqali o’z kelajagingizni quring!

Batafsil va bepul ma’lumot olish uchun 2019-yilning 27-yanvarida GRBS Xalqaro ta’lim tashkilotida tashkillashtiriladigan Ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: +998 78 129 19 19

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 21, GRBS Xalqaro ta’lim tashkiloti.

Scroll to Top